Qashqadaryoda qalbaki PZR-test natijalarini sotayotgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olindi

Jamiyat 17:13 / 02.05.2021 2448

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida qalbaki PZR-test natijalarini sotayotgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 aprel kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan kapitan A.T. shartli mijoz sifatida viloyat Sanitariya epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasida katta hamshira bo‘lib ishlovchi Qarshi tumani Shilvi qishlog‘ida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan N.S. bilan aloqaga kirishgan. So‘ng, har bir test natijasi uchun 195 ming so‘mdan pul to‘lash uchun kelishib, hamshiraga 1985 yilda tug‘ilgan Q.E., 1991 yilda tug‘ilgan J.E. va A.F.larga tegishli bo‘lgan 3 ta pasport nusxasini «Telegramm» orqali yuborgan.

27 aprel kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan «Murod med star» xususiy tibbiyot klinikasi yonida ushbu klinikada ishlovchi, Koson tumani Ushoqtepa qishlog‘ida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.Sh. kelishilgan shaxslarning nomiga rasmiylashtirilgan 3 ta PZR-test blankalarini katta hamshira N.S.ga berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida N.S. ning yonidan 3 dona PZR-test ma'lumotnomasi hamda tadbirga ajratilgan 150 ming so‘m pul olingan. «Murod med-star» xususiy klinikasi rahbari N.M. o‘z ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450 ming so‘m pulni qaytarib bergan va ular ham daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: