«Yoshligimda usta bo‘lib ishlaganim uchun shu sexni ochganman» - Oltiariqlik tadbirkor bilan suhbat

Jamiyat 17:51 / 30.04.2021 1544

«Asosan xo‘jalik va davlat korxonalari uchun shift, tarnov mahsulotlari ishlab chiqaramiz. Qo‘ldan kelgancha xalqqa xizmat qilyapmiz. «Bruschatka» mahsulotlari ham ishlab chiqaryapmiz. Tunuka seximizda 6-7 kishi, «sezon»da esa 10 nafar ishchi ishlaydi. Qishda buyurtma kam bo‘lgani sababli 4—6 kishi ishlaydi. Yoshlikda ustachilik qilib yurib, mahsulot tayyorlash jarayoniga ham qiziqib ishlab chiqarish sexi ochdim.

Qishin-yozin ham ish to‘xtab qolgani yo‘q. Uzluksiz ish bo‘lib turibdi, Xudoga shukur. Qish kunida ham ishchilarimizning qora qozonini qaynatib turibmiz. Tunukadan tashqari yana bir ish qilmoqchi bo‘ldik. Jiyanlarimdan birgalikda tadbirkorlik qilish taklifi tushdi. Har kim qo‘lidan keladigan ishga yopishadi-ku. 

Aqlimiz yetadigani shu bo‘ldi. O‘tgan yildan buyon «bruschatka» ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. U ham yaxshi ketdi. Bu yil yangicha ko‘rinishdagisini o‘ylab topdik. Yaqinda quyishni boshlaymiz», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tadbirkor Farhodjon Ahmedov.

Ko‘proq yangiliklar: