Nodir Erkayev — viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Nodir Erkayev 1971 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 2017-2018 yillarda Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlovgacha u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
- 2019 yil oktyabridan buyon Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘tkir Bo‘tayev 2021 yil aprel oyi boshida tadbirkorlik masalalariga bag‘ishlangan videoselektor chog‘ida ishdan olingan, prezident shu kuni ishdan olingan rahbarlar davlat ishiga qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.
Shuningdek, Sultonmurod Donayev – viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari etib tayingan. Sultonmurod Donayev 1983 yil Koson tumanida tug‘ilgan. Tayinlovgacha u Koson tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.