23 aprel kuni Kun.uz muxbiri ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligida IIB Shahrisabz shahar bo‘limida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga kiritilmagani haqida xabar berilgan edi.
Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, o‘sha kungi yig‘ilishda ichki ishlar organlarining xizmatiga oid ma'lumotlar muhokama etilgani uchun unga OAV vakillari taklif etilmagan. Lekin tadbirning umumiy natijalari tashkilotning rasmiy veb-resurslari orqali jamoatchilikka e'lon qilingan va muxbirlarga ham tashrif maqsadi va vazifalari haqida ma'lumot va fotosuratlar berilgan.
IIV rasmiysi jurnalistni ichki ishlar organi binosiga kiritmaslik, jurnalistik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hisoblanmasligi, chunki, ichki ishlar organlarining binolari maxsus toifalangan, qo‘riqlanadigan obekt hisoblangani va unga kirish-chiqishning maxsus rejimi mavjudligini aytib o‘tgan.
«Shikoyat, ariza va murojaat bilan kelgan fuqarolardan tashqari, qolganlar u yerga alohida taklifsiz kiritilmaydi», degan vazirlik rasmiysi.