AdIndex Asia – AdIndex ulkan loyihasining bir qismi bo‘lib, bu loyiha o‘z ichiga AdIndex.ru yangiliklar resursi, AdIndex Print Edition jurnali, AdIndex Analytics tadqiqot markazi va IT-texnologiyalar va kreativ, media- va digital-servis xizmatlarini ko‘rsatadigan agentliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar jamlangan AdIndex Maps xaritalarini hamda «VOLNA» ta'lim shering-platformasini oladi. AdIndex har yili yirik tarmoq konferensiyalarini o‘tkazadi va eng yaxshi reklama agentliklariga AdIndex mukofotini topshiradi.
«2020 yilda, pandemiya avj olgan davrda, biz tavakkal qilib biznesimiz miqyosini kengaytirishga qaror qildik. AdIndex Asia loyihasi bir necha oy mobaynida Rossiya platformasida test formatida ishladi va o‘zining barqarorligini isbotladi. Hozir biz Markaziy Osiyoga mo‘ljallangan alohida onlayn-resursni taqdim etishdan xursandmiz. Ishonamanki, bizning ko‘p yillik ekspertizamiz bu bozorda ish olib borayotgan reklama beruvchilar va agentliklarga foydali bo‘ladi», - deb xabar qiladi AdIndex resursi sherigi, bosh direktori Vasiliy Ananin.
AdIndex Asia’ning bosh ofisi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda shtatdagi o‘z muxbirlari bor.
AdIndex Asia bosh direktori Zulfiya Xaybullina shunday deydi: «Sharqda bir o‘ziga xos bo‘lgan xususiyat mavjud – har qanday biznesda shaxsiy aloqa muhim. Odamlar seni bilishlari, senga ishonishlari kerak. Biz ko‘p yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorining yetakchi ekspertlari bilan o‘zaro ishonchga asoslangan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatib keldik. Endi bizda axborotni bozorning barcha ishtirokchilari foydalana oladigan yagona resursga jamlash imkoniyati paydo bo‘ldi».
Hamkorlik masalalari bo‘yicha:
Zulfiya Xaybullina
+998 90 005-98-83
+7 (775) 719-98-83
Biz aloqadamiz:
Telegram’da @adindexasia