Birgalikda baham ko‘ramiz: Carrefour'ning 2021 yilgi Ramazon shiori muqaddas oyning mohiyatini ifodalaydi

Jamiyat 16:00 / 23.04.2021 6677

O‘zbekistonda Majid Al Futtaim egalik qiladigan va boshqaradigan Carrefour o‘zining 2021 yilgi Birgalikda Baham Ko‘ramiz shiori ostida Ramazon kampaniyasini amalga oshirmoqda.

Carrefour Ramazon oyining muqaddas marosim va an'analarini saqlab qolishga va mijozlariga birgalikda Ramazonda ajoyib lahzalarni yaratishga imkon berishga intiladi.

Kampaniya mavzusi xaridorlarga Ramazon oyining mohiyatini eslatib turish uchun yaratilgan. Ramazon oyi 2020 yilda mutlaqo boshqacha va noan'anaviy muqaddas oy bo‘lishiga qaramay, Carrefour o‘z xaridor va o‘z jamoalariga Ramazonni o‘zlari bilgan va odatlangan tarzda o‘zgacha nishonlashda yordam berish markazida bo‘lishni xohlaydi; saxovat ko‘rsatish, muhtojlarga yordam berish, oila va do‘stlar bilan yanada iliq munosabatlarni o‘rnatish, ruhan va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash.

Carrefour har bir tajriba orqali ajoyib qiymatni taqdim etishga e'tibor qaratib, xaridorlarga eng yangi ingrediyentlar va eng keng turdagi xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini, Ramazonni bayramona o‘tkazish uchun barcha zarur dekorativ elementlar va aksessuarlardan tortib, sovg‘alarning keng imkoniyatlari taqdim etadi.

Carrefour xaridorlarga Ramazon oyi uchun zarur barcha tovar va mahsulotlarga 20 foizgacha chegirmani taklif qiladi.

Chegirmalar, jumladan, go‘sht (qo‘y go‘shti qovurg‘a – 49 900 so‘m), kungaboqar moyi (zolotaya semechka – 16 900 so‘m), guruch (alanga – 8 500 so‘m) uchun 29.04.2021 gacha amal qiladi.

Shuningdek, uy kimyoviy moddalari va shaxsiy gigiyena vositalari uchun 20 foizdan ortiq chegirmalar mavjud.

Mahalliy fermerlar va yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash barobarida Carrefour xaridorlarga butun oy davomida mahalliy yangi meva va sabzavotlarni ham qulay narxlarda taklif qiladi.

Ramazon oyi – muhtojlarga bir xil darajada yordam berish, saxovat ko‘rsatish oyidir.

Carrefour har bir shu muqaddas oyda jamoatchilikni jalb qilishga katta ahamiyat beradi va mijozlarga muhtojlarga yordam berishda o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyatini yaratadi.

Saxovat ulashaylik!

Bundan tashqari, Carrefour o‘z mijozlariga ushbu muqaddas oyda 10 ta zarur mahsulotlardan iborat Ramazon qutilarni muhtoj oilalarga xayriya qilish imkoniyatini taqdim etadi. Mijozlar guruch, kungaboqar moyi, novvot, makaron mahsulotlari va boshqa zarur mahsulotlar bilan to‘ldirilgan, oldindan qadoqlangan Ramazon qutilarni 100 000 so‘m evaziga sotib olishlari va eng muhtojlarga xayriya qilishlari mumkin.

Shuningdek, Birgalikda Baham Ko‘ramiz Ramazon kampaniyasi doirasida Carrefour ushbu muqaddas oyning har juma kuni muhtoj oilalarga xayriya yordamini ko‘rsatadi. Bu xayriya tadbirida ishtirok etish istagini bildirgan mijozlar ham qatnashishlari mumkin.

Birgalikda Baham Ko‘ramiz shiori orqali Carrefour o‘z jamoalarini o‘zlarini yaxshi his qilish uchun to‘g‘ri ovqatlanish va Muqaddas oy davomida tana va ruhiyatni maqbul darajada saqlash uchun ozuqani me'yorida yeyishga undaydi. Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin.

Telegramt.me/carrefouruzbekistan

Facebookfacebook.com/carrefouruzbekistan

Instagraminstagram.com/carrefouruzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: