AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan savollarga javob berdi.
Bugungi kunda ota-onalarni qiziqtirayotgan yana bir muhim savollardan biri – bu bolalarning 6 yoshdan maktabga qabuli.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni 9-moddasiga ko‘ra: “Umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi”.
Masalan, kelgusi 2021/2022 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2021 yilning 31 dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya'ni 2014 yilning 31 dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.
Maktabga sifatli tayyorlash maqsadida maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta'limga bir yillik majburiy tayyorlash tizimi joriy etilgan.