Uch oyda 166 iste'molchi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi

Joriy yil I choragida iste'molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklar soniga aniqlik kiritildi. “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma'lum qilishicha, bu qoidabuzarliklar orqali yetkazilgan zarar 1 mlrd 825 mln so‘mni tashkil qilgan.
Iste'molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasidan qoidalarga zid ravishda foydalanish holatlari hamon ko‘p uchraydi. Bu kabi holatlarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi.
Xususan, 2021 yil I choragida jami 166ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tizimga yetkazilgan zarar bo‘yicha jami 1 mlrd 825 mln so‘m elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan undirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

17:25 / 28.01.2025
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi

23:25 / 06.01.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha energiya tarmoqlari himoyasiga 600 mln dollar sarmoya kiritadi

21:48 / 26.11.2024