Jizzaxning bir tumanidan o‘g‘irlangan avtomashina ikkinchi tumanidan shikastlangan holda topildi

Foto: Tergov departamenti
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan o‘g‘irlangan avtomashina shikastlangan holda Zomin tumanidan topilgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 14 aprel kuni soat 20:40da Zarbdor tuman IIBga fuqaro 37 yoshli I.Ma'ruf o‘ziga tegishli «DOGAN S» rusumli avtomashinasi o‘g‘irlangani yuzasidan xabar bergan. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, avtomashina Zomin tumani Dashtobod shaharchasi hududida shikastlangan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 28 yoshli A.Ilhom mast holatda sodir etganligi, u Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi tanishining oldiga borib kelish maqsadida avtomashinani olib qochganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda A.Ilhom protsessual tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:32 / 30.01.2025