Pentagon AQSh kemalari nima uchun Qora dengizga kirmaganiga izoh berdi
Avvalroq AQShning Qora dengizga yo‘l olgan ikki esminetsi Rossiya va AQSh prezidentlarining telefon orqali suhbatidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Pentagon AQSh kemalari Qora dengizga kirmagani sababini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yomonlashtirmaslik maqsadi bilan izohladi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Qora dengizga yo‘l olgan «Donald Kuk» va «Ruzvelt» esminetslari «vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun» yo‘nalishini o‘zgartirgan.
Nashr manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, kemalar texnik xizmat yoki tezkor rejalar o‘zgarishi tufayli yo‘nalishlarini tez-tez o‘zgartirib turadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu holatda «jumladan, murakkab vaqtda Moskvaga nisbatan provokatsiya qilmaslik xohishi» kemalar yo‘nalishi o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Avvalroq AQShning Qora dengizga yo‘l olgan «Donald Kuk» va «Ruzvelt» esminetslari Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning telefon orqali suhbatidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari muloqotidan so‘ng Amerika kemalari Krit oroliga kirgan va AQSh harbiy-dengiz kuchlari moddiy-texnik ta'minot punktida bir kun turgan. 14 aprel kuni kechqurun esa kemalar orolni tark etgan, ularning yo‘nalishi hozircha aniq emas.
Mavzuga oid

12:30 / 04.03.2025
Pentagon rahbari Rossiyaga qarshi kiberhujumlarni to‘xtatishni buyurdi

21:24 / 02.03.2025
CNN: Rossiya va Xitoy Tramp ma’muriyati ishdan bo‘shatayotgan xodimlarni og‘dirib olmoqda

17:20 / 20.02.2025
WP: Pentagon rahbari mudofaa budjetini har yili 8 foizga qisqartirishni buyurdi

18:07 / 11.02.2025