WP: Pentagon rahbari mudofaa budjetini har yili 8 foizga qisqartirishni buyurdi
Pentagonning 2025 yilga mo‘ljallangan budjeti 850 milliard dollarni tashkil etadi. Iqtisod qilingan mablag‘lar Tramp ma’muriyatining yangi ustuvor maqsadlariga, jumladan, «Amerika uchun temir gumbaz»ga yo‘naltiriladi.

Pit Xegset Foto: Kent Nishimura/For The Washington Post
AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Pentagon va mamlakat armiyasining yuqori rahbariyatiga keyingi besh yilda mudofaa xarajatlarini har yili 8 foizdan qisqartirish bo‘yicha reja ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda The Washington Post tegishli hujjat va vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
Reja 24 fevralga qadar tayyor bo‘lishi kerak. Xegset tomonidan imzolangan hujjatda Tramp ma’muriyati qisqartirishni istayotgan 17 ta yo‘nalish ko‘rsatilgan. Ular orasida — AQShning janubiy chegaralaridagi operatsiya, yadroviy va raketalarga qarshi mudofaa qurollari modernizatsiyasi, shuningdek, suvosti kemalari, dronlar va boshqa o‘q-dorilar xaridlari mavjud.
WP’ning eslatishicha, Pentagonning 2025 yilga mo‘ljallangan budjeti 850 milliard dollarni tashkil etadi.
Harbiy idoraning yuqori martabali amaldori Robert Salessesning so‘zlariga ko‘ra, iqtisod qilingan mablag‘lar ma’muriyatning yangi ustuvor maqsadlariga, jumladan, «Amerika uchun temir gumbaz»ga yo‘naltiriladi. Gap AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq ma’lum qilgan raketalarga qarshi kengaytirilgan mudofaa tizimi haqida ketmoqda.
Gazetaning yozishicha, Tramp farmoniga muvofiq Pentagon sinov muddatidagi ming nafar xodimi ro‘yxatini tuzishi lozim va ular joriy haftada ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.
«Birgalikda bu ikki chora 900 mingdan ortiq xodim, jumladan, aksariyati urush faxriylari bo‘lgan dunyodagi eng yirik agentlikka dahshatli hujumdir. Mudofaa vazirligida sinov muddati lavozimdan kelib chiqib bir yildan uch yilgacha davom etishi va unda bir lavozimdan boshqasiga o‘tayotgan xodimlar ham bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Fevral oyida Donald Tramp Ukraina va G‘azo sektoridagi urush tugashi bilan Rossiya hamda Xitoy bilan mudofaa xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollar sonini kamaytirish mavzusidagi muzokaralarni ham qayta tiklamoqchi.
Mavzuga oid

21:51 / 04.03.2025
Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi

12:30 / 04.03.2025
Pentagon rahbari Rossiyaga qarshi kiberhujumlarni to‘xtatishni buyurdi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

21:24 / 02.03.2025