XVJ global iqtisodiyot bo‘yicha prognozlarni yangiladi

Iqtisodiyot 18:47 / 07.04.2021 5144

Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, vaksinatsiya jarayoni joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy faoliyatni tiklashga yordam beradi.

«Agar virusning yangi turlari vaksinalar samaradorligiga shubha tug‘dirsa, biz stavkalarning keskin pasayishini kutishimiz mumkin. Boshqa tomondan, agar emlash yuqori sur'atlarda olib borilsa, prognoz yanada yaxshilanadi», dedi XVJning yetakchi iqtisodchisi Gita Gopinat.

Ikkinchi xavf omili — bu moliyaviy holat. XVJ vakilining so‘zlariga ko‘ra, tez iqtisodiy tiklanish yuz berayotgan mamlakatlarda foiz stavkasi oshirilib, shu yo‘l bilan hukumat inflatsiyani jilovlashga harakat qilmoqda.

«Ammo tariflarning yanada nazoratsiz ko‘tarilishi bir qator mamlakatlarda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini zaiflashtiradi», dedi Gopinat.

Hisobot mualliflari ta'kidlashlaricha, pandemiya natijasida turizm va xomashyo eksportiga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlar katta zarar ko‘rgan. Iqtisodiy keskin qisqarish aholining ayrim guruhlarini, shu jumladan, yoshlar va ayollarni qamrab olgan. XVF hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilda qo‘shimcha ravishda 95 million kishi qashshoqlik darajasidan pastga tushib ketgan.

XVJ bu yil neft narxi o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga ko‘tarilishini taxmin qilmoqda. Oziq-ovqat va ichimliklar narxlari 20 foizga oshgan. Bu asosan o‘simlik moyi va don mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi hisobiga ro‘y bergan.

Bug‘doy 38 foizga qimmatlashgan. Bu Rossiyaning ichki bozorni inflatsiyadan himoya qilish uchun don mahsulotlariga yangi eksport solig‘i joriy qilgani bilan izohlangan.

Avvalroq Jahon banki O‘zbekiston YaIMning o‘sishi joriy yilda 4,8 foizgacha, 2022 yilda esa 5,5 foizgacha bo‘lishini prognoz qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: