«Roseksimbank» rahbari O‘zbekistonga milliy valutalardagi hisob-kitoblarni rivojlantirishni taklif qildi

Iqtisodiyot 19:48 / 07.04.2021 7521

«Roseksimbank» boshqaruvi raisi Azer Talibov O‘zbekistonga milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni rivojlantirishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Barchamiz turli xil savdo rejimlaridamiz, qanday trendlar yuz berayotganini va ushbu segmentda kim ustunlik qilayotganini tushunamiz. Agar ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun jiddiy platforma yaratishni istasak, biz uchun milliy valyutadagi hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish muhim», — dedi Talibov.

 «Bu uzoq istiqbolda bizga etkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Xalqaro bozorlarda va jahon savdosida vaziyat qanchalik beqaror ekanligini ko‘rib turibsiz. Aslida, o‘zingiz uchun eng qulay sharoitlarni yaratish muhim hisoblanadi», — dedi u.

 O‘tgan yili bank Rossiya banklari uchun o‘zbek so‘mida ilk vakillik hisobraqamini ochganini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston banklari uchun Rossiya rublidagi bir nechta LORO hisobvaraqlari ochildi.

 «Roseksimbank» Rossiya kompaniyalarining Xitoy yuani, Qozog‘iston tengesi, hind rupiyasi, qirg‘iz so‘mi, venger forintidagi operatsiyalarini olib boradi va doimiy ravishda ushbu ro‘yxatni kengaytirib bormoqda.

Avvalroq «O‘zbekgidroenergo» va «Roseksimbank» o‘rtasida yangi GESlarni qurish borasida kelishuv imzolangani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: