Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
Prezident qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash tizimi joriy qilinadi.

Foto: Kun.uz
“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
- 2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, «Muruvvat» internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshirilgan edi.
Mavzuga oid

08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi

15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi

18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi

15:03 / 15.03.2025