Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoq davlat universitetida o‘qiydigan qiz va Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘qiydigan yigitni qo‘ng‘irotlik yigit (qizning avvalgi yigiti) pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2 aprel kuni Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 21 yoshli U.T. 20 yashar qizning orqa tomoniga uy pichog‘i bilan 3 marta zarba bergan. Voqea Nukus shahar 22-kichik tumanda joylashgan 36-sonli maktab qarshisida yuz bergan. U.T. shuningdek, voqea joyidagi 19 yoshli yigitga ham pichoq bilan bir necha bor jarohat yetkazib, qochib ketgan. Qizning Qoraqalpoq davlat universitetida o‘qishi ma'lum bo‘ldi.
Ushbu holat natijasida 20 yoshli qiz va 19 yoshli yigit shifoxonaga olib borilgan. Biroq, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, 3 aprel kuni S.S. (20 yoshli qiz) shifoxonada vafot etgan. Bolaning holati haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
Hodisa yuzasidan 2 aprel kuni Nukus shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-bo‘limi "a" bandi bilan jinoyat ishi ochiladi. Yigit va qizni pichloqlagan U.T Jinoyat -protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.
Hozirgi vaqtda bu holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.