Qayd etilishicha, 2021 yil 30 mart kuni soat taxminan 14:55larda davlat ahamiyatidagi 4R34 avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumanidan o‘tuvchi 9-kilometrida Zomin–Jizzax yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Forza» avtomashinasi bilan piyodalar yo‘lakchasi ustidan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan.
Natijada, voyaga yetmagan piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.