Iordaniyada davlat to‘ntaruviga urinishning oldi olindi

Jamiyat 02:18 / 04.04.2021 6645

Ammonda qirollik oilasi a'zosi Sharif Hasan bin Zayd va qirol Abdulla IIning sobiq maslahatchisi Bassam Avadalla hibsga olindi. Bu haqda Iordaniyaning Petra agentligiga tayanib TASS xabar berdi.

Xabar qilinishicha, yana bir necha kishi "xavfsizlik maqsadida" qo‘lga olingan.

O‘z navbatida, "Al-Mayadin" telekanali Ammonda "Abdulla Iini hokimiyatdan ag‘darish maqsadidagi fitna" fosh etilganini ma'lum qildi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn va boshqa bir necha nafar yuqori lavozimli ofitserlar uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: