Hunarmandning aytishicha, savatlar devorgul novdalaridan to‘qiladi. Dastlab novdalar katta qozonda 2 soat qaynatib pishirib olinadi. Keyin po‘sti olinib, to‘qish uchun hozirlanadi.
«Kelin-qizlarim bilan birga 20 turga yaqin savat to‘qiymiz, asosiy daromadimiz ham shu hunar ortidan keladi. Bir bog‘ novdadan o‘rtacha 2-3 ta savat tayyorlanadi. Katta savatlardan bir kunda 10 ta ham to‘qiymiz, kichkinalarini 20 ta, 30 ta to‘qiymiz», – deydi u.
Sohiba opa 100 ga yaqin shogird chiqargan. Mahalladoshlaridan ko‘pi shu hunarni egallagan.
«Astoydil qunt qilgan odam 3 kunda ham o‘rganib olishi mumkin, zehniga qarab. Kelinlarim mening to‘qishimga qarab o‘rganib olgan», – deydi Sohibi opa.