Farg‘ona tumanilik fuqaro xonadonida 355 dona telefonni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi

Jamiyat 16:53 / 03.04.2021 955

Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Farg‘ona tumanining chegaraoldi hududida yashovchi fuqaro X.M.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 60 million so‘mlik 355 dona uyali aloqa vositasi noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: