Otabek Nazirov O‘zbekiston to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori etib tayinlandi

Foto: KUN.UZ
Otabek Nazirov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori etib tayinlandi.
Joriy yilning 31 mart kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari lavozimiga Otabek Nazirov tayinlandi.
Ushbu jamg‘arma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘arma asoschisi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisoblanadi, faoliyati esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Otabek Nazirov 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1998 yilda makroiqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha AQShdagi Nyu-York davlat universitetini tamomlagan. AQShdagi Goldman Sachs va JPMorgan Chase, Rossiyadagi “Troyka Dialog”, “MDM-Bank” kabi moliyaviy va investitsiya kompaniyalarida, shuningdek, London shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida ishlagan.
U O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 2018 yilda innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimida boshlagan, keyinchalik xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yilning yanvar oyidan buyon Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

15:18 / 06.03.2025