Farg‘onada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Jamiyat 14:01 / 01.04.2021 1478

1 apreldan boshlab barcha hududlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinikada emlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ahmadjon Yaqubovlar mazkur poliklinikada bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdilar, vaksina olayotgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qilindi.

Viloyatda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina bilan Husan Mamajonov va Ahmadjon Yoqubov ham shu yerning o‘zida emlandi.

Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: