Poytaxt hokimining “Toshkent shahrida yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining eng past narxini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Toshkentda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining eng past narxi iqtisodiy zonalar kesimida tasdiqlanadi.
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, tuman hokimliklari:
- yakka tartibda uy-joy qurish uchun auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantiradi;
- yer uchastkalari bo‘yicha kelishilgan yoki ijobiy xulosa berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasi boshlang‘ich narxini belgilaydi.
Toshkent shahrida yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining eng past narxi
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida zonalar chegarasi Toshkent shahar hokimining 2015 yil 24 fevraldagi 162-sonli qarorida belgilangan.