Foto: Toshkentda binoning bir qismi maxsus ishchi xodimlar tomonidan qulatildi

Jamiyat 14:53 / 31.03.2021 18243

«Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalaridan birida binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi.

Aslida, ushbu holat Toshkent shahar Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq «Aurum» restorani joylashgan binoni rejali buzish ishlari aks etgan tasvirlardir», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ma'lum qilinishicha, ushbu joyda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda devor bilan o‘rab olinib buzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: