“O‘g‘lim shu paytgacha 17 marta operatsiya qilindi, kechalari nafas ololmay ko‘karib qoladi” – farzandi og‘ir dardga chalingan ona umidi

Jamiyat 15:43 / 31.03.2021 7849

Samarqandlik bemorning onasi Muhabbat Alimova o‘g‘lining sog‘ayib ketishi uchun yordam so‘rab murojaat qilmoqda. Bemor 2017 yildan beri tug‘ma hiqildoq papillomasidan aziyat chekib yashamoqda. Muhabbat Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda eri Moskvada ishlab, bolasini davolatish uchun pul jo‘natib turadi. Biroq bu pullar o‘g‘lining dori-darmonidan ortmaydi.

“O‘g‘lim 1 yoshidan beri tug‘ma papilloma o‘simtasi bilan kurashib kelmoqda. Shu vaqtgacha 17 marta operatsiya qilindi. Tomog‘ida qaytalanuvchi o‘simta o‘sadi. Har oy yoki 5 oyda bir qaytalanadi. Kechasi bilan yaxshi nafas ololmaganidan uxlolmay chiqadi. Menda ham uyqu yo‘q. Operatsiya payti og‘irlashib qoladi. Komaga tushib qoladi. Shuncha dori-darmonlarning hech qaysisi yordam bermayapti. Qaynonam ozroq yordam qilib turadi. Moskvaga olib borib, operatsiya qildirishimiz kerak ekan.

Saxovatpesha insonlardan yordam berishlarini so‘rab qolaman. Moskvaga juda katta mablag‘ ketarkan. O‘g‘limsiz hayotimni tasavvur qilolmayman. O‘simtasi o‘sganda umuman ovozi chiqmay qoladi. Tomog‘ini kesib apparat ham qo‘yamiz, deyishyapti. Shunaqa qilinadigan bo‘lsa, umuman ovozi chiqmay qoladi. Bolalardek yurolmaydi, yugurolmaydi. Har bir operatsiya paytida o‘ylab o‘tiraman, ishqilib omon chiqarmikan, deb. Ona sifatida bolasini bunday holatda tomosha qilib turish judayam achinarli”, deya saxovatpesha xalqimizdan ko‘mak so‘ramoqda bemorning onasi Muhabbat Alimova.

Bemor Ibrohim Hakimovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0602 8968 7163 onasi Muhabbat Alimova nomida.

Sberbank: 4817 7603 1476 6274 otasi Parviz Qurbonov nomida.

VISA: 4097 8209 2020 6635 onasi Muhabbat Alimova nomida.

Telefon: +99 890 504 62 33

Saxovati daryo aziz yurtdoshlar, Ibrohim birodarimiz boshiga tushgan og‘ir kunlarda saxovatingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Zero, Alloh va'da qilganidek, ehsonning mukofoti faqat ehsondir.

Doston Rahmatov,
tasvirchi Doniyor Yakubov. 

Ko‘proq yangiliklar: