Qorako‘l tumanining Chovli mahallasida qurilgan 90 o‘rinli 32-sonli MTTning barpo etilishiga 2 mlrd 531 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, tumanning Dehqonobod mahallasidagi 31-umumta'lim maktabining bo‘sh turgan eski binosi Investitsiya dasturi doirasida 2,3 mlrd so‘mga mukammal ta'mirlanib, 100 o‘rinli bog‘chaga aylantirildi.
Buxoro viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Qorako‘l tumanida 3-7 yoshli bolalar soni 13 201 nafarni tashkil qiladi. Ayni paytda, shundan 6 893 nafari MTTlarga qamrab olingan.
Shuningdek, Romitan tumanining Navbahor mahallasida «Obod qishloq» davlat dasturi asosida 140 o‘ringa mo‘ljallangan 15-sonli MTT qurildi. Uning barpo etilishiga mahalliy budjetdan 1 mlrd 321,7 mln so‘m sarflangan.