Asaka tumanida yashovchi ota farzandi uchun 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan aliment pulini avvaldan to‘lab qo‘ydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sh.X.dan undiruvchi M.R. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Majburiyatini anglagan ota farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishini ma'lum qildi.
Hisoblab berilgan 105 mln so‘m aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, qarzdor otaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.
Avvalroq Shahrixonda aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamalgani xabar berilgan edi.