Koronavirusning janubiy afrikacha shtammi vaksina samaradorligini 30 foizga pasaytirishi ma'lum qilindi

Jahon 16:20 / 27.03.2021 2994

Koronavirusning janubiy afrikacha shtammi vaksina samaradorligini 30 foizga pasaytirishi mumkin. Bu haqda britaniyalik olimlar ma'lum qildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Tekshiruvlar mazkur shtamm emlangan yoki ilgari kasallikka chalinib tuzalgan insonlardagi antitanalar samaradorligini 10 baravargacha pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Sinovlar AstraZeneca vaksinasida o‘tkazilgani aytilmoqda.

Janubiy afrikacha shtamm uchta mutatsiyaga ega bo‘lib, bu mutatsiya unga immun tizimidan «yashirinish»ga yordam beradi.

Ma'lum qilinishicha, koronavirusning janubiy afrikacha turi kasallikning dastlabki turiga nisbatan 60 foizga yuqumli.

Ko‘proq yangiliklar: