Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi

Jahon 23:35 / 23.03.2021 18823

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

«Putin koronavirusga qarshi emlandi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ertaga prezident uchun to‘liq ish kuni», degan Peskov.

Oldinroq Putin koronavirusga qarshi emlash jarayoni ommaviy ko‘rsatilishini xohlamagani ma'lum bo‘lgandi. Peskov bu holatni izohlar ekan Putinga kamera qarshisida emlanish yoqmasligini aytgandi. Prezident matbuot kotibi Putin vaksinani ommalashtirish uchun shundog‘am ko‘p ish qilayotganini eslatdi.

Putin koronavirusga qarshi qanday vaksina bilan emlangani ma'lum emas. Avvalroq u uchun uchta variant borligi aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: