O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar Charity jamg‘armasi global dasturlar bosh ijrochi direktori Navaf Abdullo Al-Hammadiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi loyihalarga mazkur jamg‘armaning grantlari va moliyaviy ishtirokini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Navaf Al-Hammadiy O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining do‘stona ruhda rivojlanib borayotganini yuqori baholadi va o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.
1992 yilda tashkil etilgan Qatar Charity jamg‘armasi mamlakatdagi eng yirik nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari – bu gumanitar va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish. Jamg‘arma dunyoning 60 ta davlatida loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.