Samosud uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

Jamiyat 13:40 / 22.03.2021 4977

Prezidentning «Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta'minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Ushbu farmonga binoan, uch oylik muddatda Jinoyat kodeksiga samosud, ya'ni o‘zboshimchalik bilan jazolash maqsadida shaxsga zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 22 fevral kuni e'lon qilingan Jinoyat kodeksi yangi tahririning loyihasining 169-moddasida sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash huquqbuzarligini qiynoqqa solish jinoyati tarkibiga kiritish taklif etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: