Jalaquduqda ota oldindan farzandi uchun 60 mln so‘m aliment puli to‘ladi

Jamiyat 08:57 / 22.03.2021 1669

Mazkur hujjat bilan alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta'minlashda garov taqdim etish asoslari belgilab berilgan.

Qaror ijrosi doirasida Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi ota farzandi uchun 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan aliment pulini avvaldan to‘lab qo‘ydi. Bu haqda MIB Andijon viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.O‘.dan undiruvchi L.O‘.ning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.

MIB Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlarining tushuntirishlari natijasida farzandining moddiy ta'minoti va majburiyatini anglagan qarzdor farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishini ma'lum qildi.

Hisoblab berilgan 60 million so‘m aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, qarzdor otaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: