Sifatli uylarni qurish asosiy maqsadi bo‘lgan “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi aholining o‘rta va biznes klass qatlamlari uchun o‘z loyihalarini taklif etib kelmoqda.
Kompaniyaga 2011 yilda Navoiy viloyatida asos solingan bo‘lib, hozirgi vaqtda o‘z faoliyatini Toshkent shahrida xam davom ettirish bilan birgalikda qurilish sifati va infratuzilmasi bilan ko‘plab mijozlar ishonchini oqlamoqda. Kompaniya ayni damda Toshkent shahrida oltita loyiha ustida qurilish ishlarini olib bormoqda “Diplomat”, “Sayram”, “Xon Saroy”, “Mega Tower”, “Ayvon” va “Pandora” TJM lari shular jumlasidandir.
“Xon Saroy” qurilish kompaniyasi aholi yashash tarzini yanada qulaylashtirish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
- Ikki kamerali plastik deraza romlari
- Avtonom isitish tizimi
- Kirish temir eshiklari
- 630 kg og‘irlik ko‘tara oladigan zamonaviy va shovqinsiz liftlar
- Yangi bolalar maydonchasi
- Ko‘p sig‘imli avtoturargoh
- Kuzatuv kameralari bilan ta'minlangan xavfsiz hudud
“Diplomat” loyihasi
"Diplomat" TJM Yunusobod 6-mavze, O‘zbekistondagi Amerika elchixonasining yonida qad rostlayotgan loyiha bo‘lib, bino 16 qavatdan iborat. Xonalar ichki devorlar orqali ajratilgan hamda 26.5 m² gacha bo‘lgan ochiq terrasa uslubidagi balkonlar mavjud.
“Sayram” loyihasi
“Sayram” TJM, Yunusobod tumani, 14-mavzeda qurilayotgan bu loyiha ichki devorlar orqali ajratilgan bo‘lib, 19.8 m² ochiq terrasali balkonlarga ega hamda birinchi ikki qavati savdo shoxobchalari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
“Xon Saroy” loyihasi
Toshkent shahri Yunusobod tumani 19-mavzeda qurilayotgan “Xon Saroy” turar joy majmuasi bir qancha ustunliklarga ega. Majmua hududi yopiq bo‘lib, turar joy aholisi uchun shaxsiy bolalar bog‘chasi barpo etiladi.
“Ayvon” loyihasi
Yana bir yirik eko-loyiha Yunusobod tumanining 2-mavzesida barpo etilmoqda. “Ayvon” TJM 8 qavatdan iborat. Pentxaus uslubidagi xonadonlar hamda 20 m² gacha bo‘lgan balkon qismi sizga yanada zavq beradi.
“Mega Tower” loyihasi
Zamonaviy biznes-klass uslubidagi “Hi-tech” loyihasi “Mega Tower” TJM ham Yunusobod tumani 13-mavzeda joylashgan bo‘lib, 14 qavatdan iborat. Juda qulay infratuzilmasi bilan ajralib turadigan loyihaning transport qatnovi, metro, maktab, bozor, savdo majmualariga yaqinligi hayot tarzingizni yanada yengillashtiradi.
Shu jumladan Navoiy shahrida “Navoiy city 1”, “Navoiy city 2”, “Sherxan House” va “Sultan Saray” TJM larida qurilish ishlari olib borilmoqda.
To‘rtala loyiha ham shahar markazida joylashgan va qulay infratuzilmaga ega.
“Navoiy city” loyihasi
“Navoiy city” TJM Navoiy shahrining markazida qad rostlayotgan bo‘lib, bino 10 qavatdan tashkil topgan.
“Sherxan House” loyihasi
“Sherxan House” TJM o‘zgacha dizayn hamda bir qancha qulayliklardan iborat loyiha bo‘lib bino 10 qavatdan iborat.
“Sultan Saray” loyihasi
“Sultan Saray” TJM paski qavatlari savdo shoxobchalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bino 10 qavatdan iborat.
Kompaniya tomonidan qurilishda ishlatiladigan barcha mahsulot va xomashyolar davlat standarti nazoratidan o‘tkazilgan. Har bir xonadonning sifatliligi va mustahkamligiga kafolat beriladi.
- Rossiyadan keltirilgan A500C markali armaturalar
- M400 markali betonlar
- Monolit karkas
- Penopolisterol beton
- 1 sekundda 1,5 metrga ko‘tariladigan zamonaviy liftlar
Eng muhimi “Xon Saroy” kompaniyasi o‘z mijozlari haqida qayg‘urgan holda xaridorlar uchun qulay foizsiz muddatli to‘lov turlarini taqdim etadi.
Shoshiling, «Xon Saroy» qurilish kompaniyasining yangi majmualaridagi zamonaviy xonadonlarni hamyonbop narxlar bilan xarid qiling.
Telefon:
Veb-sayt: xonsaroy.uz
Instagram: @xonsaroyuz
Telegram: t.me/xonsaroy_bot
Reklama huquqi asosida