Qashqadaryoda YPX xodimi haydovchining guvohnomasi va telefonini tortib olgan. Hodisani prokuratura o‘rganmoqda

Jamiyat 17:17 / 19.03.2021 3671

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimi haydovchilardan birining haydovchilik guvohnomasi bilan birga telefonini ham tortib olgan. Holat haqida IIV YHXBB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, joriy yilning 12 mart kuni soat 13:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Mustaqillik ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi «Spark» rusumli avtomashina haydovchisini xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan harakatlanib kelganligi bois to‘xtatgan.

Qayd etilishicha, muloqot vaqtida YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Haydovchining da'vo qilishicha, YPX xodimi uning haydovchilik guvohnomasi bilan birga telefonini tortib olgan va qaytarib bermagan. Shundan so‘ng, haydovchi holat yuzasidan Chiroqchi tuman prokuraturasiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda hodisa yuzasidan Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: