Mobiuz 2G (GSM) chastotalarini qayta taqsimlash orqali hududlarda 4G LTE xizmatlarini yanada kengaytirdi.
Tarmoqni bunday qayta sozlash refarming deb ataladi. U mobil aloqa operatorida mavjud chastotalarni zaruriy ehtiyojlar uchun qayta taqsimlashni nazarda tutadi.
Xususan, 4G LTE tarmog‘i nafaqat "o‘ziga tegishli" diapazonlarda (800 MGs, 850 MGs, 2600 MGs va boshqalar), balki yetarlicha rivojlangan 2G/3G (900 MGs, 1800 MGs, 2100 MGs diapazonlarida ishlashi mumkin. Natijada, refarming mobil aloqa operatoriga ilgari atigi 2G/3G bo‘lgan hududlarda LTE qamrovini taqdim etish imkoniyatini beradi. Jarayon zarur texnik parametrlarga javob berishi kerak bo‘lgan uskunalarni to‘liq modernizatsiya qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Refarming 2019-2021 yillarda Mobiuz mobil operatorini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda va kompaniyani texnik takomillashtirish uchun strategik ahamiyatga ega. Avvalo, gap olis qishloqlar va viloyatlarni sifatli aloqa va mobil Internet bilan qamrab olish haqida ketmoqda. Shahar va viloyat markazlari sharoitida bu imkon qadar ko‘proq abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun tarmoqlar sig‘imining oshishiga olib keladi.
Umuman olganda, joriy yilning 2,5 oyida Mobiuz mamlakatning barcha mintaqalarida 700 dan ortiq tayanch stansiyalarini refarming qildi. Masalan, Xorazm viloyatida 116, Andijonda – 89, Qashqadaryoda – 125, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 66 va boshqalar modernizatsiya qilindi.
«Mobiuz LTE tarmog‘i ehtiyojlari uchun GSMning 1800 MGs chastotasini qayta taqsimlash bo‘yicha ijobiy tajribaga ega. Biz LTE 1800 standartiga katta e'tibor qaratyapmiz, chunki u dunyodagi eng ommabop texnologiyalardan biri – uni LTE qurilmalarining 90 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatlaydi. Unda mobil Internet katta masofalarda va yaxshi tezlikda ishlay oladi. Shunday qilib, refarming natijasida biz hududlarda tarmoq qamrovini sezilarli darajada yaxshilashga va Internetning o‘tkazuvchanligini oshirishga muvaffaq bo‘ldik», - dedi Mobiuz kompaniyasi Bosh direktorining texnika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov.
Shu bilan birga, Mobiuz yangi texnik obektlarni qurish va ishga tushirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Xitoy Xalq Respublikasining imtiyozli krediti doirasida Mobiuz bu yil mingdan ortiq tayanch stansiyalarni ishga tushiradi, shu jumladan Toshkentda tajriba tariqasida 5G stansiyalarini o‘rnatadi.
Mobiuz muntazam ravishda o‘zining Telegram-kanalida yangi tayanch stansiyalar to‘g‘risida ma'lumotlarni joylashtirib bormoqda: https://t.me/MOBIUZuzb
Reklama huquqi asosida