Qashqadaryoda 2021 yilning 2 oyi davomida YTH oqibatida 26 nafar odam halok bo‘lgan

Jamiyat 19:30 / 17.03.2021 1000

Qashqadaryo viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jurnalist va blogerlar uchun brifing tashkil etdi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sherali Mingliyev viloyat hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari keskin oshib ketayotganligi sabablari haqida ma'lumot berdi.

Jumladan, 2021 yilning o‘tgan 2 oyi davomida viloyat hududda yo‘l-transport hodisalari soni 60 tadan 58 taga yoki 3,3 foizga, unda jarohat olganlar soni 52 nafardan 46 nafarga yoki 11,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da, halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetgan.

Bundan tashqari, sodir etilgan 58 ta yo‘l-transport hodisalari turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

To‘qnashuvlar 11 ta, ag‘darilish 6 ta, to‘siqqa urilish 8 ta, piyodani urib yuborish 27 ta, velosipedchini urib yuborish 6 tani tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: