«O‘zmetkombinat» AJ mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida ishga qabul qiladi!

Jamiyat 16:00 / 17.03.2021 18876

«O‘zmetkombinat» AJ sotib olish bo‘limiga muhandislarni va ingliz tili bo‘yicha tarjimonlarni tanlov asosida ishga taklif etadi.

Muhandisning vazifalari:

  • ichki resurslar hisobidan moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
  • materiallarni yetkazib berish shartlari va muddatlarini kelishgan holda yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzishda ishtirok etish;
  • bozorni monitoring va tahlil qilish, tovarlarga narx belgilash;
  • ulgurji savdo orqali materiallarni sotib olish, shuningdek materiallarni bepul sotib olish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ulgurji savdo yarmarkalari takliflari bo‘yicha bozor kon'yunkturasi va yetakchi nomenklatura narxlari siyosati, tezkor marketing ma'lumotlari va reklama materiallarini muntazam ravishda o‘rganib borish;
  • raqobat asosida tijorat takliflarini qayta ishlash, muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish va yuritish;
  • moddiy-texnika ta'minoti sohasida resurslarni tejash, texnik va iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha ishlarda ishtirok etish;
  • bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.

Muhandisga qo‘yiladigan talablar:

  • yoshi - 18 yoshdan 40 yoshgacha;
  • rus va o‘zbek tillarini mukammal bilishi;
  • korxonaning savdo-sotiq faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot;
  • 1C UPP bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, 1C dasturida hujjat aylanmasini yaxshi tushunishi;
  • muzokaralar olib borish qobiliyati, shartnomaviy ish taktikasini bilishi; 
  • savdo-sotiq sohasida tajribasi bo‘lsa yana yaxshi;
  • muloqot qila olish qobiliyatlari;
  • o‘rganish qobiliyati.

Ish sharoitlari:

  • ish tartibi: 5/7 soat 09.00 dan 18.00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ish bilan ta'minlash, ijtimoiy kafolatlar;
  • yirik va barqaror korxonada ishlash;
  • bepul tushlik;
  • kasbiy o‘sish va korporativ ta'lim;
  • qulay ish sharoitlari va ahil jamoa;
  • ish haqi 6 000 000 so‘mdan boshlanadi.

Tarjimonning vazifalari:

  • sinxron texnik tarjima;
  • ish uchrashuvlari davomida ketma-ket tarjima qilish;
  • matnlar, xatlar va hujjatlar tarjimalari;
  • tadbirlarni lingvistik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.

Tarjimonga qo‘yiladigan talablar:

  • yoshi: 18 yoshdan 40 yoshgacha;
  • ingliz va rus tillarida bemalol so‘zlasha olishi;
  • muzokaralar olib borish qobiliyatlari;
  • ish yuzasidan so‘zlashish madaniyati, odob axloqi; 
  • kompyuterda ishlash qobiliyati;
  • ijtimoiy jihatdan muloqot qila olish qobiliyatlari.

Ish sharoitlari:

  • ish tartibi: 5/7 soat 09.00 dan 18.00 gacha;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ish bilan ta'minlash, ijtimoiy kafolatlar;
  • yirik va barqaror korxonada ishlash;
  • bepul tushlik;
  • kasbiy o‘sish va korporativ ta'lim;
  • qulay ish sharoitlari va ahil jamoa;
  • ish haqi 6 000 000 so‘mdan boshlanadi.

Manzil: Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi 1-uy

Ma'lumot uchun telefonlar: +998 70 214 14 27

Rezyumelarni resume@uzbeksteel.uz manziliga yuborishingiz mumkin. Rezyumelar qabul qilish muddati: 2021 yil 20 mart soat 18:00 gacha.

«O‘zmetkombinat» AJ matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: