Namanganda go‘zallik salonlaridagi noqonuniy ishlarga chek qo‘yiladi

Jamiyat 19:41 / 17.03.2021 12425

Uchrashuv davomida sohadagi bir nechta kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, viloyat hokimi Davlatobod tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga tumandagi ayollar go‘zallik salonlarini qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish vazifasini yukladi. 

"Menda yetarlicha ma'lumotlar bor, go‘zallik salonlarida noqonuniy ishlar judayam ko‘payib ketgan, bu yerda aytib ham bo‘lmaydi. Mayli, u tadbirkor, ishlasin, lekin kechasi ishlab nima qiladi? Belgilangan vaqti, tartib-qoidasi bor", –  dedi hokim.

Muloqot davomida viloyat IIB boshlig‘i Odil Otaxo‘jayev tizimdagi xodimlarning uquvsizligini tanqid ostiga oldi.

"Tizimda ishlayotganlarning 50 foizga yaqini uquvsiz, ishga noloyiq. Asosiy qismini oliy ma'lumotli o‘qituvchilar tashkil qiladi, 30 nafar odamga dars o‘ta olgan, bitta mahallaning ishini eplolmaydimi, buning uchun akademiyani tamomlagan bo‘lishi shartmas. Faqat vijdonan ishlash kerak”, – deydi Odil Otaxo‘jayev.

Ushbu uchrashuv davomida Namanganda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan mini futbol sovriniga hokim homiylik qilishini ham aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: