«O‘zsuvta'minot» xabariga ko‘ra, «Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suv ta'minoti tizimini yaxshilash» loyihasi amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha doirasida:
- quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan 1-ko‘tarish nasos stansiyasi va suv tindirgich;
- 1-ko‘tarish nasos stansiyasidan «Uzunbuloq» suv tozalash inshootigacha diametri 1200 mm, uzunligi 16,6 km bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri;
- quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan «Uzunbuloq» suv tozalash inshooti;
- uzunligi 166 km bo‘lgan «Uzunbuloq - Gagarin» magistral ichimlik suvi quvuri;
- «Jizzax» suv taqsimlash inshooti;
- «Jizzax» STIdan Jizzax shahrigacha uzunligi 4 km bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri qurilishi belgilangan.
Bildirilishicha, bugungi kunga qadar jami 75,764 km quvurlar yotqizilgan. Shundan:
- D-1000 mm va 800 mm bo‘lgan 51,9 km stekloplastik magistral suv quvurlari yotqizilgan;
- D-1200 mm bo‘lgan 15,5 km magistral quvurlar montaj qilingan;
- D-800 mm bo‘lgan 3,1 km temir quvurlar montaj qilingan;
- D-800 mm bo‘lgan 2,8 km polietilen quvurlar montaj qilingan;
- D-720 mm bo‘lgan 2,464 km polietilen quvurlar montaj qilingan.