Tadbir davomida M.S. boshqaruvidagi “Sprinter” yuk mashinasi qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali kirgan paytda to‘xtatilgan.
Unda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona nazoratidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 430 mln so‘mlik 106 turdagi mahsulot borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq mashina g‘ildiraklari ichida noqonuniy tarzda olib o‘tilayotgan spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.