Toshkent viloyatining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 14:54 / 15.03.2021 3282

2021 yilning 15 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Bo‘stonliq” gaz taqsimlash shoxobchasida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan soat 12:00dan 18:00gacha Qibray tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on”, “Sharq”, “Shalola” va “May” MFYlaridagi 7 100ta aholi xonadoni hamda Toshkent tumanining “Guliston”, “Sarka”, “Sirg‘ali”, “G‘ishtko‘prik”, “Sanoat”, “Mustaqillik” va “Quruvchi” MFYlaridagi 1 500ta aholi xonadoni, 2ta ijtimoiy soha muassasasi va 10ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali noqulayliklar uchun aholi va iste'molchilardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: