Hamyonbop dori-darmon kerakmi? Ularni topish yanada Oson!

Jamiyat 20:00 / 13.03.2021 16966

Hech birimizga sir emaski ayrim sabablarga ko‘ra, dorixonalarda bir xil preparatga bo‘lgan narxlar keskin farq qiladi. Hattoki, bir dorixonaning o‘zida asosiy ta'sir etuvchi moddasi bir bo‘lgan turli ishlab chiqaruvchilarning preparatlari narxlarida ham katta farq bor. Juda ko‘p hollarda qo‘limizda shifokor yozib bergan uzundan-uzun ro‘yxatdagi dorilarni topish uchun vaqtimizni, kuchimizni, asabimizni sarflab, bir necha dorixonalarga kirib chiqish, kerak bo‘lsa ancha uzoq masofalarga ham borishga majbur bo‘lamiz.

Yangi, innovatsion Oson Apteka loyihasida dorixonalardagi barcha jarayonlar – mahsulot qabul qilishdan tortib, uni mijozga sotish, dorining sertifikati, yaroqlilik muddatidan tortib, mavjud zaxiralar nazoratigacha to‘liq avtomatlashtirilgan. Bular barchasi qo‘l mehnati va inson omilini qisqartirib, dori aylanmasi bo‘yicha xatoliklarni keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan dorixona tarmoqlari Oson Apteka bilan hamkorlik qilishlari mumkin.

Shuningdek, qulay va zamonaviy – Oson Apteka dori izlash tizimi oxirgi vaqtda aholi orasida juda ham ommalashib bormoqda. Loyihaning tajribali dasturchilari mazkur tizimni ishlab chiqishda ko‘proq bemorlar va xaridorlar nuqtai nazaridan yondashib, ushbu muammolarga yechim topishga ko‘proq e'tibor qaratishgan.

Juda katta dorixonalar bazasini o‘z ichiga olgan Oson Apteka mobil ilovasini Google Play market yoki AppStore orqali o‘z smartfoningizga o‘rnatib, ilova orqali nafaqat dorixonalardagi narxlarni solishtirish, balki shifokor ichishni tavsiya etgan bir necha preparat ro‘yxatini birvarakayiga izlash imkoniyati mavjud. Bunda eng birinchi bo‘lib ro‘yxatdagi barcha preparatlar mavjud bo‘lgan dorixonalar, preparatlarning narxlari, dorixona telefon raqami, manzili, xaritadagi joylashuvi va hattoki manzilga yetib borish uchun yo‘l ko‘rsatish tizimlari mavjud.

Bundan tashqari, boshqa ilovalardan farqli o‘laroq, Oson Apteka ilovasida siz ochiq ma'lumotga ega bo‘lish bilan birga, preparatning asosiy ta'sir etuvchi moddasi – ya'ni xalqaro patentlanmagan nomi bilan ham izlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bunday innovatsion texnologiyalar yurtimiz farmatsevtika bozorini tartibga solishda, narxlar ustidan xaqiqiy bozor nazoratini o‘rnatishda va natijada, xaridorlar uchun maqbul narxlar yuzaga kelishida markaziy rol o‘ynaydi.

Maxsus aksiya: Ilovani do‘stlaringiz va tanishlaringizga ulashing va ball yig‘ing. Aksiya yakunida eng yuqori ball to‘plagan 50 ishtirokchiga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Oson Apteka ilovasini smartfoningizga yuklab oling va dori-darmon xarid qilganingizda narxlarni solishtiring va mablag‘ingizni iqtisod qiling!

Ilovani yuklab olish: osonapteka.uz/app

Aksiya hakida: konkurs.osonapteka.uz

Murojaat uchun: t.me/osonaptekauz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: