YeChL. «Portu» qahramonlik ko‘rsatib «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Borussiya» D safardagi g‘alaba evaziga 1/4 finalga yo‘l oldi

Sport 04:04 / 10.03.2021 11352

Chempionlar Ligasida chorakfinalning dastlabki ikki ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi. 

Portugaliyada 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan «Yuventus» o‘z maydonida asosiy vaqtda hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa «Portu» 10 kishi bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, to‘p kiritdi va safardagi gollar evaziga turinliklarni turnirdan chiqarib yubordi. 

Shu tariqa «Yuventus» YeChLda  qatorasiga ikkinchi yili 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

«Borussiya» esa Dortmundda «Sevilya» bilan jangovar durang qayd etdi va Andalusiyadagi g‘alaba hisobiga keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikki jamoada ham markaziy hujumchilar Erling Holand va Yusuf An-Nosiri dublga erishdi.

YeChL, 1/8 final, 9 mart
Javob bahslari

Yuventus — Portu 3:2

Gollar: Keza (49, 63), Rabo (117) — Oliveyra (19, penalti, 115). 
Yuventus – Shchensni, Demiral, Bonuchchi (de Ligt, 75), Sandro, Rabo, Kuadrado, Remzi (Makkenni, 75), Artur (Kulusevski, 102), Keza (Bernardeski, 102), Ronaldu, Morata. 
Portu – Marchesin, Pepe, Sanusi (Dias, 71), Mbemba, Manafa, Serjiu Oliveyra (Ndiayye, 118), Uribe (Gruyich, 90), Korona (Leyte, 118), Otavio (Sarr, 62), Marega (Toni Martinez, 106), Torimiy.
Ogohlantirishlar: Otavio (45+2), Torimiy (52), Keza (90+3), Kuadrado (92), Serjiu Oliveyra (97), Bernardeski (103), Rabo (114), Mbemba (120+2).
Chetlatish: Torimiy (54).
Birinchi o‘yin — 1:2.

Borussiya D — Sevilya 2:2

Gollar: Holand (35, 54 penalti) — An-Nosiri (69, penalti, 90+6).
Borussiya D – Hits, Morey (Myone, 90+5), Shuls (Zagadu, 89), Hummels, Jan, Bellingem, Daud, Azar (Passlak, 67), Dileyni, Roys, Holand. 
Sevilya – Bunu, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Akunya, Fernando (Rakitich, 86), Oskar Rodriges (Oliver Torres, 79), Okampos (de Yong, 60), Jordan (Gomes, 60), Suso (Munir, 86), An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Morey (20), Akunya (40), Kunde (51), Holand (55), Jordan (55), Jan (67), Oskar Rodriges (71), Fernando (76), Diyego Karlos (77).
Birinchi o‘yin — 3:2.

Ko‘proq yangiliklar: