Kattaqo‘rg‘ondagi restoranda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 13:33 / 07.03.2021 7238

7 mart kuni, taxminan soat 11:00larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Omonboy» mahallasida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, vazirlik viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m maydoni yong‘indan zararlangan. 

«Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi. Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

  • Avvalroq Toshkentdagi kafe yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi - ikki nafar erkak, uch nafar ayol halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: