Shodiyev xalqaro fondi 8 mart arafasida muhtoj ayollarga yordam ko‘rsatadi

Jamiyat 17:05 / 05.03.2021 9414

8 mart kuni munosabati bilan Shodiyev xalqaro fondi (ICF), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va «Madad» nodavlat notijorat tashkiloti kam ta'minlangan ayollarga, farzandining yolg‘iz boquvchisi bo‘lgan ayollarga, beva va qiyin hayot sharoitida bo‘lgan ayollarga gumanitar yordam ko‘rsatadi. Hozirgi kunda bir necha viloyatlarda ayollarga shirinliklar, oziq-ovqat va kosmetika to‘plamlari yetkazilmoqda.

Yordamga muhtoj ayollar ro‘yxatlarini shakllantirish va gumanitar yordam to‘plamlarini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va «Madad» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. «Xalqaro xotin-qizlar kuni – bu barcha ayollarga e'tibor, g‘amxo‘rlik, muhabbat, mehnati va jamiyatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirish uchun fursat. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, ayolga g‘amxo‘rlik qilish, unga hurmat va ehtirom bilan qarash o‘zbek xalqining eng ezgu an'analaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi Shodiyev xalqaro fondi vatandoshlarimizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va barcha rejalarning amalga oshirilishini tilab qoladi», - dedi Avazbek Madaminov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i.

Shodiyev xalqaro fondi oxirgi ikki yil davomida O‘zbekiston aholisining muhtojtalab qatlamlari uchun ko‘p bosqichli gumanitar yordam dasturini amalga oshirmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida butun mamlakat bo‘ylab yoshi kattalarga va kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat va dezinfeksiya vositalari tarqatildi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga COVID-19 va o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bo‘lganlar uchun bepul test sinovlari o‘tkazilib, gumanitar yordam ko‘rsatildi.

Shodiyev xalqaro fondi (ICF) haqida

ICF – Shodiyev xalqaro fondi 1996 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan Fattoh Shodiyev tomonidan asos solingan nodavlat xayriya tashkilotidir. Fond MDH, Osiyo va Yevropada xayriya loyihalari bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida fond o‘z faoliyatini 2017 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan Vakolatxona tomonidan amalga oshiradi. Fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasining asosiy vazifalari ijtimoiy, ilmiy, tibbiy sohalarda, madaniyat, san'at, ta'lim va sportni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim va tibbiyot muassasalariga, kam ta'minlangan insonlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatishdan iborat.

Shodiyev xalqaro fondi asoschisi haqida

Fattoh Shodiyev 1953 yil 15 aprelda O‘zbekistonning Jizzax shahrida tug‘ilgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi davlat xalqaro munosabatlar institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan (MGIMO). Fattoh Shodiyev – siyosat fanlari nomzodi, Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasining a'zosi, shuningdek Yaponiya tarixi, iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

Xalqaro Shodiyev Fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Ko‘proq yangiliklar: