Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan o‘zbek tili punktuatsiyasiga oid qo‘llanma yaratildi

Jamiyat 12:41 / 05.03.2021 2761

2021 yil 4 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me'yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Akademiya olimlari mehnati natijasida yaratilgan mazkur amaliy qo‘llanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan.

Mazkur qo‘llanma keng jamoatchilikka mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasi me'yorlari, tinish belgilarining qo‘llanishi kabi turli masalalar haqida fikr yuritiladi. 

Undan tadqiqotchilar, olimlar, turli soha vakillari, magistrantlar, talabalar, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar foydalanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: