O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2020 yilning oktyabrida Janubiy Koreya fuqarosi 59 yoshli Kim Yeon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli S.X.ning ishonchiga kirgan.
U S.X.ga Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va'da qilib, jami 57 000 AQSh dollarini aldov yo‘li bilan olib, bergan va'dasini bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.