Surxondaryo viloyati hokimligi: «Mengliyev tadbirkorlik bilan hokimlikka kelguniga qadar shug‘ullangan»  

Jamiyat 19:07 / 22.02.2021 7735

Surxondaryo viloyati hokimligi Kun.uz caytida e'lon qilingan «Surxondaryodagi mansabdor bir qancha xususiy kompaniyalarga egalik qilishi ma'lum bo‘ldi» sarlavhali xabarga munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Asliddin Mengliyev ayni vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydi va biror bir xususiy korxonaning rahbari ham emas.

«U bir paytlar rahbarlik qilgan «BONU-ELSHOD» xususiy korxonasi 2018 yilning dekabr oyida, «JANUB SUV-INVEST QURILISH TA'MIR» MChJ 2019 yilda turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda faoliyat yuritayotgan «JANUB EKSPORT» MChJ 2019 yilda, «OBOD-YURT TOMORQA XIZMATI» MChJ esa 2020 yilning aprel oyida tashkil etilgan», deyiladi hokimlik bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, Asliddin Mengliyev ushbu tijorat tashkilotlariga Surxondaryo viloyati hokimligiga ishga kelguniga (2020 yilning 14 sentyabri) qadar rahbarlik qilgan.

Bundan tashqari, hokimlik mansabdor shaxsi ayni vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi hamda «JANUB EKSPORT» va «OBOD-YURT TOMORQA XIZMATI» MChJlariga rahbarlik qilmasligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: