Koronavirusga qarshi vaksinalar tarkibida cho‘chqa yog‘idan olinadigan jyelatin bormi?

Jamiyat 19:41 / 22.02.2021 21117

Odatda vaksinalarga preparatning tarkibini barqaror saqlab turish va tashish hamda saqlash jarayonida samaradorlikni ushlab qolish uchun cho‘chqa yog‘idan olingan jyelatindan foydalaniladi. Koronavirusga qarshi vaksinada ham shu kabi jyelatin bormi?

Ayrim kompaniyalar bir necha yil mobaynida cho‘chqa jyelatinidan xoli vaksinalar ishlab chiqarishga harakat qilishyapti. Masalan, Shveytsariyaning Novartis farmatsevtika kompaniyasi meningitga qarshi vaksinasiga cho‘chqa jyelatini qo‘shishdan voz kechgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Malayziyaning AJ Pharma kompaniyasi ham shu yo‘lda mehnat qilishmoqda.

Koronavirusga qarshi vaksinalar pionerlari bo‘lmish Pfizer, Moderna va AstraZeneca kabi preparatlar formulalarida cho‘chqadan olingan jyelatin yo‘q. Lekin o‘z mahsulotlari tarkibini e'lon qilmagan vaksinalar haqida xavotirlar bor. Istaganlar Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalarining tarkibini ko‘rishlari mumkin.

Preparatlari tarkibini e'lon qilmay, dindorlarni xavotirga solgan uch kompaniya Sinovac, Sinopharm va CanSino Biologics mahsulotlari tarkibida cho‘chqadan olingan unsurlar bor-yo‘qligi haqida hali ma'lum qilishmadi.

Gamaleya tadqiqot instituti, Johnson & Johnson, Novavax va Bektop o‘z vaksinalarini cheklangan miqdorda foydalanish uchun chiqarishdi, lekin ular ham hali cho‘chqadan olinadigan jyelatin ishlatgani yoki yo‘qligi haqida bayonot berishmadi. Boshqa kompaniyalar orasida ham cho‘chqa jyelatinidan foydalanilgani haqida bayonot berganlari yo‘q. Zero, qolgan vaksinalar hanuz ishlanma jarayonida yoxud sinovdan o‘tkazilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: