Elektron tijoratni boshqarish bo‘yicha yagona axborot platformasi ishga tushiriladi

Jamiyat 20:17 / 22.02.2021 908

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Elektron tijorat ma'muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Belgilanishicha, yangi qonun loyihasi elektron tijoratni amalga oshiruvchi shaxslarni hisobga olish va elektron tijorat orqali tovarlarni sotib oluvchi iste'molchilar huquqlarining himoya qilish, shuningdek, elektron tijoratning norasmiy sektori rivojlanishi oqibatida soliq bazasi yashirilishining oldini olishga qaratilgan.

2021 yil 1 apreldan boshlab:

  • xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar (elektron shaklda xizmatlarni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bundan mustasno) tomonidan elektron savdo boshlangani haqida soliq organlarini xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Bunda belgilangan tartib-tamoyillar doirasida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga maxsus raqamli kod tayinlanadi va bu kod aniqlash instrumenti bo‘lib xizmat qiladi.
  • tovar-moddiy boyliklarni olish uchun elektron shartnomalar, tovar-transport yuk xatlari va ishonchnomalarni rasmiylashtirish majburiyati bilan amalga oshirish;
  • sotuvchi va yuk tashuvchilar tomonidan tovar-kuzatuv hujjatlarini «Yuk tashish monitoringi» axborot platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshirish.

2021 yil 1 sentyabrga qadar elektron tijorat sub'yektlarining Milliy reyestri bazasida «E-trade» elektron tijoratni boshqarish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona axborot platformasini yaratish:

  • elektron savdo ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish;
  • xaridorning shaxsiy kabinetini ochish.

Shuningdek, elektron tijorat sohasida faoliyat yurituvchi yosh tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, ushbu qonun loyihasi «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: