Bosh vazir Samarqandda tadbirkorlar bilan uchrashdi

Jamiyat 20:08 / 18.02.2021 10775

Bosh vazir Abdulla Aripov 18 fevral kuni Samarqand shahrida bir guruh samarqandlik tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bosh vazirga samarqandlik tadbirkorlar tomonidan kredit, elektr energiya va gaz ta'minoti, eksport hamda importda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, erkin iqtisodiy zonalarda kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish kabi masalalarda 45dan ortiq murojaat bo‘lgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha bosh vazir tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: